«Qizlar nima deydi?»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3632
12 aprel kuni poytaxtimizdagi “Jar” stadionida ayollar futboli bo'yicha O'zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Unda mamlakat chempioni “Bunyodkor-W” hamda O'zbekiston Kubogi sohibalari “Sevinch” jamoasi futbolchi qizlari o'zaro g'oliblik uchun bahs olib borishadi.
Ertaga, 11 aprel kuni mazkur uchrashuv oldidan o'yinoldi tadbir bo'lib o'tadi. Superkubok uchrashuvini o'zgacha tarzda tashkil etishga harakat qilayotgan Professional futbol ligasi mazkur o'yin oldidan poytaxtimizdagi “Eski shahar” savdo markazida o'yinoldi matbuot anjumanini o'tkazadi. Ushbu o'yinoldi tadbirida har ikki jamoa ustozlari va futbolchi qizlari ishtirok etadi. Superkubok oldidan tashkil qilinayotgan ushbu tadbirda barcha turdagi OAV vakillari hamda futbol ishqibozlari birdek ishtirok etish imkoniga ega bo'lishadi. O'zgacha ruhda o'tishi rejalashtirilayotgan mazkur tadbirda sizni bir qator syurprizlar ham kutmoqda!
Ayollar futboli bo'yicha bo'yicha O'zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi oldi tadbiri 11 aprel kuni soat 19:00da “Eski shahar” savdo markazida boshlanadi. Unga barcha OAV xodimlari va muxlislarni taklif etamiz.
Ta'kidlab o'tamiz, Turkiyaning KOC Elektrik kompaniyasi bosh homiyligida o'tadigan Superkubok bahsi esa 12 aprel kuni soat 16:00da “Jar” stadionida boshlanadi.