Sinxron suzish. Sportchilarimiz FINA jahon seriyasidagi musobaqada ishtirok etishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 615

19-21 aprel kunlari Rossiyaning Qozon shahrida sportning sinxron suzish turi bo'yicha “FINA” jahon seriyasi bosqichi bo'lib o'tadi. Unda O'zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.
Musobaqada yurtimiz sharafini Elmira Fayzullaeva murabbiyligida Anastasiya Morozova, Anna Eltisheva va Diana Onkes himoya qiladi.
Joriy yil sinxron suzish bo'yicha jahon seriyasi 8 bosqichda o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, ushbu musobaqa uchinchisi hisoblanadi. Keyingi bosqichlar Tokio (Yaponiya, 27-29 aprel), Pekin (Xitoy, 4-6 may), Grinsboro (AQSh, 24-26 may), Kvebek (Kanada, 30 may-1 iyun) va Barselona (Ispaniya, 31 may-2 iyun) shaharlarida uyushtirilishi ko'zda tutilgan. Uch kun davom etadigan mazkur musobaqa texnik va erkin dasturlarni o'z ichiga olgan guruh, solo, aralash juftlik yo'nalishlari, shuningdek, juftlik, kombinatsiyaviy dastur va akrobatik guruh bahslaridan iborat.
Har bir tur bo'yicha barcha bosqichlar natijalariga ko'ra eng kuchli deb topilgan jamoalar Super-finalda ishtirok etishadi.

Bosh sahifaga
129