OChL. «Paxtakor» guruh peshqadamligini saqlab qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2409

Osiyo chempionlar ligasining 3-turida "Paxtakor" o'z maydonida Qatarning "As-Sadd" klubini qabul qilib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. Mazkur 1 ochko tufayli toshkentliklar hisobidagi ochkolar soni 5taga etdi.
"D" guruhidan o'rin olgan yana bir bahsda "Persepolis" o'z maydonida Jiddaning "Al-Ahli" klubi ustidan 2:0 hisobida ustun keldi. Bu eronliklarning guruhdagi dastlabki g'alabasi bo'ldi. Natijada ular 4 ochko bilan jadvalda 2-o'ringa ko'tarlib olishdi.
"As-Sadd" 4 ochko bilan uchinchi, "Al-Ahli" esa 3 ochko bilan so'nggi o'rinni egallab turishibdi.
| 1 | Paxtakor | 3 | 1 | 2 | 0 | 4-3 | 5 |
| 2 | Persepolis | 3 | 1 | 1 | 1 | 3-2 | 4 |
| 3 | As-Sadd | 3 | 1 | 1 | 1 | 3-4 | 4 |
| 4 | Al-Ahli (SA) | 3 | 1 | 0 | 2 | 2-3 | 3 |
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
165