Toshkentda O'zbek jang san'ati bo'yicha I Osiyo ochiq chempionati o'tkazildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1848

Kecha poytaxtimizdagi “O'zbekiston” sport majmuasida o'smirlar va yoshlar o'rtasida o'zbek jang san'ati bo'yicha I Osiyo ochiq chempionati o'tkazildi. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda mamlakatimiz o'zbek jang san'ati federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatda hamyurtlarimizdan tashqari Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistondan kelgan 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Keskin va murosasiz o'tgan bellashuvlarda Rahmatjon Ahmadjonov, Abdulloh Qobuljonov, Kamron Nurmuhammedov, Sabina Sottieva, Zarina Sottieva, Madina Asilova, Laylo Norboeva g'olib va sovrindorlar qatoridan joy egalladi. – Ilk marta tashkil etilgan mazkur musobaqada shogirdlarim muvaffaqiyatli ishtirok etdi, – deydi iste'dodli murabbiy Zuhra Umrzoqova. – O'zbek jang san'ati bilan qo'shni davlatlarda shug'ullanuvchilar sonining ko'paib borayotgani milliy sportimizning dunyo bo'ylab rivoj topayotganidan dalolatdir. Chempionat yakunida barcha yo'nalishlar bo'yicha g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
183