Jiu-jitsuchilarimiz Jahon kubogi bahslarida ishtirok etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 959

Jiu-jitsu sporti butun dunyo miqyosida keng rivojlangan qadimiy yakkakurash turlaridan biridir. Mazkur jang san'ati Osiyo o'yinlari dasturiga kiritilgan. Yurtimiz jiu-jitsu ustalari dunyo miqyosida o'tkaziladigan ko'plab nufuzli turnirlar – qit'a va jahon chempionatlarida munosib ishtirok etib kelmoqda. Joriy yilning 10-12 aprel kunlari Tailand qirolligining Chang Mayi shahrida universitet talabari o'rtasida Jahon kubogi bahslari bo'lib o'tadi. Mazkur nufuzli sport tadbirida jiu-jitsu sporti bo'yicha ham sayyoramizning eng kuchli sportchilari g'oliblik uchun kuch sinashadi. Quvonarli tomoni bu yilgi bahslarda O'zbekistonlik talaba jiu-jitsuchilar ham ishtirok etadi. Kecha Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Tailand qirolligiga jo'nab ketdi. Xurshid Eshonxo'jaev boshchiligidagi delegatsiyamiz a'zolari 11 aprel kuni Ne-waza va Duo system yo'nalishlarida bahslarga kirishadi. Qayd etish lozimki, joriy yilda terma jamoamiz a'zolari London (Buyuk Britaniya), Tokio (Yaponiya), Los-Anjeles (AQSh), Rio-de-Janeyro (Braziliya) shaharlari mezbonligida o'tkaziladigan katta dubulg'a turnirlari, shuningdek, BAA poytaxti Abu-Dabida tashkil etiladigan Jahon chempionatida mamlakatimiz sharafani himoya qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
180