Tennischilarimizning raqiblari aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 964

Qozog'iston va Turkiyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar va ayollar o'rtasida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirlar o'tkaziladi. Musobaqa oldidan Chimkent shahrida erkaklar o'rtasida "Shymkent Open" turnirining asosiy to'r bahslariga qur'a tashlandi. Unga ko'ra, ilk davrada hamyurtimiz Humoyun Sultonov shveytsariyalik Rikardo Maiga bilan raqobatlashadigan bo'ldi. Yana bir vakilimiz Sanjar Fayziev esa ukrainalik Vladislav Manafovga qarshi kortga chiqadi. Mazkur turnirda yosh tennischilarimiz San'atillo Qutiboev, Sharobiddin Abzalov va Gregoriy Korobeynikov saralash bosqichida ishtirok etmoqda. Istanbul shahrida tashkillashtirilgan "ISTANBUL LALE CUP" musobaqasida esa mamlakatimiz sharafini Sabina Sharipova hamda Nigina Abduraimova himoya qiladi. Sabina qur'a natijasiga ko'ra ilk uchrashuvini slovakiyalik Yana Chepalovaga qarshi o'tkazadigan bo'ldi. Nigina esa qozog'istonlik Elena Ribakina bilan kuch sinashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181