Kamonchilarimiz Ruminiya Gran-prisida ishtirok etishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 886

Bugun Ruminiya poytaxtida kamondan otish bo'yicha Evropa Gran-prisi start oldi.
Sayyoramizning mohir merganlari qatorida O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham mazkur musobaqada ishtirok etishadi.
Turkiyaning Antalya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazgan vakillarimiz mazkur musobaqaga jiddiy hozirlik ko'rishdi. 13 aprelga qadar davom etadigan mazkur Gran-prida 52 mamlakat vakillari o'z omadini sinab ko'radi. Ta'kidlash joiz, musobaqa yakuniga etgach, terma jamoamiz Turkiya yig'inini davom ettirish uchun yana Antalyaga qaytib kelishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228