Anapadagi musobaqada ishtirok etgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1043
Anapadagi musobaqada ishtirok etgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi.
Xabar berib o'tganimizdek, bir necha kun oldin yosh bokschilarimiz Rossiya Federatsiyasining Anapa shahrida bo'lib o'tgan musobaqada ishtirok etib, beshta medalga sazovor bo'lgandilar.
2001-2002 yilda tug'ilgan bokschilar o'rtasida Xalqaro toifadagi sport ustasi Nikolay Pavlyukov xotirasiga bag'ishlangan turnirda Rossiya, Kuba, Qozog'iston, Armaniston, Shveytsariya, Hindiston, Filippin, Qirg'iziston, Gruziya, Ukraina, Belarus va O'zbekiston mamlakatlaridan 113 nafar bokschi ishtirok etgan va unda besh nafar hamyurtimiz sovrindorlar qatoridan joy olgandi.
Ushbu musobaqada ishtirok etgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi.
Eslatib o'tamiz, turnir yakunlariga ko'ra Shahzod Muzaffarov (-49 kg) va Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev (-64 kg) oltin, Xurshidbek Rasuljonov (-56 kg), Nurislom Ismoilov (-69 kg) va Suhrobjon Kayimov (-75 kg) bronza medalini qo'lga kiritishgandi. Vakillarimiz umumjamoa hisobida mezbon Rossiya terma jamoasidan so'ng ikkinchi o'rinni egallagandilar.
Endi bokschilarimiz bir necha kun dam olishadi va yana mashg'ulotlarni boshlashadi. Ularni oldinda bir qator musobaqalar, jumladan shu yil noyabr oyida o'tkaziladigan Osiyo chempionati kutib turibdi.