«Bunyodkor» — «Andijon». Jamoalarning liboslari rangi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1207
Bilasiz, ushbu hafta so'nggida Coca Cola Superligada 4-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
CocaCola Superliga nomi ostida o'tadigan 2019 yilgi mavsumidan boshlab, har bir tur uchrashuvlarida jamoalarning qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari Professional futbol ligasi tomonidan belgilab berilmoqda. Bunda mezbon jamoaning o'z maydonida muxlislari qarshisida to'p surishi inobatga olinib, birinchi galda mezbon klubning asosiy rangidagi libosda harakat qilishi ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan har bir klub yangi mavsum uchun uy va safar liboslarini bir-biridan keskin farq qiladigan tarzda tanlashlariga urg'u berildi.
4-tur doirasida “Bunyodkor” “Andijon” bilan bahs yuritadi. Mazkur uchrashuvda“qaldirg'ochlar” an'anaviy ko'k rangli libosda maydonga chiqishadi. “Burgutlar” esa to'liq oq rangdagi sport formasida harakat qilishadi.
Ta'kidlash joiz, “Bunyodkor” — “Andijon” uchrashuvi 13 aprel, shanba kuni soat 18:20da bo'lib o'tadi.