Andrey Fyodorov: «Raqib haqida etarlicha ma'lumotga egamiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4045

“Lokomotiv” Osiyo chempionlar ligasi 3-tur bellashuvini safarda o'tkazadi.
“Temiryo'lchilar” Saudiya Arabistonining Jidda shahrida “Al Ittihod” mehmoni bo'lishadi. O'yindan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etgan “Loko” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov raqib kuchiga yuqori baho berdi.
– “Hammaga salom. Ushbu shaharda bo'lib turganimizdan juda mamnunmiz. Bizni chiroyli o'yin kutmoqda deb o'ylayman. Garchi uchrashuv muxlislarsiz o'tsa-da, televizorda ko'radigan tomoshabinlar zerikib qolishmaydi deb o'ylayman.
Osiyo chempionlavr ligasi nufuzli turnir, shu bois bunda ishtirok etayotgan har bir jamoa navbatdagi o'yinini yutishni xohlaydi. Shu jumladan biz ham”, – deya fikr bildirdi Andrey Vitalevich.
Bosh murabbiyga savol: “Al Ittihod”ning ichki chempionatda ishlari yurishmayapti. Bu “Lokomotiv” foydasiga xizmat qiladimi?
“Raqib haqida etarlicha ma'lumotga egamiz. Saudiya Arabistoni chempionati Osiyoda eng etakchilardan biri hisoblanadi. Bu erda chempionat saviyasi juda yuqori. To'g'ri, hozirda “Al Ittihod” o'ziga yarashmagan o'rinda boryapti (13-o'rin), lekin bu hech narsani anglatmaydi deb o'ylayman. Chunki Saudiya chempionati bilan Osiyo chempionlar ligasi butunlay boshqa-boshqa musobaqa va bu ikki musobaqani o'zaro taqqoslash kerak emas”.

Bosh sahifaga
167