Ertaga o'zimiznikilarni yolg'izlatmaylik
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 998
Ertaga bizni o'ta muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Safarda «Lokomotiv» «Al Ittihod»ga qarshi maydonga tushsa, «Paxtakor» o'z uyida Qatar chempioni -«As-Saad»ni qabul qiladi. Bugun bo'lib o'tgan matbuot anjumaniga kelgan OAV hodimlarining ko'pligi va ular orasida qo'shni respublikalik hamkasblarimizning borligi uchrashuvga bo'lgan qiziqish katta ekanligidan dalolat.
Ushbu uchrashuvda «Paxtakor» jamoasini bevosita maydondan qo'llab-quvvatlab turishingizni so'rab qolgan bo'lar edik. «Sherlar»ning raqiblari Osiyoining eng nomdor klublaridan biri desak, adashmagan bo'lamiz. Hozirda poytaxtliklar muxlislarning ko'magiga muhtoj. Stadionga keling va 12-o'yinchiga aylaning!
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19 : 00 da markaziy «Paxtakor» bo'lib o'tadi. Chiptalar mutlaqo bepul.