"Barselona" "MYu"ga qarshi o'yin uchun tarkibni e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2575

«Barselona» rasmiy saytida «Manchester Yunayted»ga qarshi kechadigan EChL 1/8 finali dastlabki uchrashuvi uchun kengaytirilgan tarkib e'lon qilindi.
Ro'yxatdan Usmon Dembele ham joy olgan, ammo, baribir, uning maydonga tushish yoki tushmasligi so'roq ostida turibdi.
"Barselona"ning to'liq tarkibi bilan tanishing:
Darvozabonlar – Mark-Andre ter Shtegen, Ignasio Penya;
Himoyachilar – Nelson Semedu, Jerar Pike, Kleman Langle, Jeyson Murilo, Jordi Alba, Samuel Yumtiti;
Yarim himoyachilar – Ivan Rakitich, Serxio Buskets, Filippe Koutino, Artur Ramos, Usmon Dembele, Malkom, Kevin-Prins Boateng, Serxi Roberto, Arturo Vidal, Karlos Alenya;
Hujumchilar – Luis Suares, Lionel Messi.
Jamoalar o'rtasidagi birinchi o'yin 10 aprel kuni Manchesterda bo'lib o'tadi. Javob o'yini esa 16 aprelda o'tkaziladi.

Bosh sahifaga
243