Toshkentda «B» sertifikati bo'yicha murabbiylik kurslari boshlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1310

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda murabbiylik sohasini rivojlantirish, murabbiylar mahoratini oshirish bo'yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, bugun 8 aprel kuni Toshkentdagi "Chig'atoy" sport majmuasida "B" sertifikati uchun OFKning xalqaro murabbiylik kurslari birinchi moduli boshlandi. Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda. Murabbiylik kurslarini Usmon Toshkev olib bormoqda. Unga Oybek Davletmurodov yordam beryapti. Mazkur o'quv kurslari 4 moduldan iborat bo'ladi. Modullar orasida bir oy tanaffus qilinib, bu vaqtda murabbiylar mustaqil ravishda berilgan topshiriqlarni bajarishlari kerak bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233