Kamtarin terma jamoning yulduzlari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2836
.jpg)
Zamonaviy futbol yulduzlarining deyarli barchasi kuchli terma jamoalar sharafini himoya qilishi hech kimga sir emas. Shunga qaramasdan, ayrim futbolchilar bundan mustasno. Bugun ana shunday futbolchilar haqida so'z boradi.
Nabi Keyta

Gvineya terma jamoasining super yulduzi sanaladigan futbolchi «Liverpul»ning asosiy tarkibiga kirish uchun kurash olib bormoqda. Uning vatanida futbol u qadar rivojlanmagan bo'lsada, ko'plab kuchli futbolchilar etishib chiqqani taxsinga sazovor. Hozirda uning taxminiy qiymati 50 million evro ekanligini hisobga olsak, bu Gvineya futbolida o'sish kuzatilayotganidan dalolat.
Emerik Obameyang
.jpg)
«Ferrari»laqabli futbolchining hayoti haqida kino olsa ham bo'ladi. Uning onasi ispaniyalik. Futbolchi Italiyada tug'ilgan. Frantsiyada futbol bilan jiddiy shug'ullanishni boshlagan. Unga o'z vaqtida Italiya va Frantsiya terma jamoalaridan taklif tushganida, bittagina sabab evaziga ularni rad qilgan. Gap uning otasi haqida bormoqda. Futbolchining otasi o'z vaqtida Gabon terma jamoasida to'p surgan va haqiqiy vatanparvar inson sifatida Obameyangga o'rnak bo'lishni uddalagan. Futbolchi o'z karierasini hafv ostida qoldirib bo'lsada, Gabon milliy termasini tanladi va adashmadi. Uning «Afrika Millatlar Kubogi»da ko'rsatgan o'yinlari uni tezda mashxur qilib yubordi va tez orada top klublar e'tiboriga tushdi.
Yan Oblak
.jpg)
Hozirda sayyoramizning eng kuchli darvozaboni deya atalayotgan sloveniyalik Yan Oblak «Atletiko»ning ajralmas bo'lagiga aylanib bo'ldi. Darvozabon bo'lishiga qaramasdan transfer summasi 90 millionni tashkil etuvchi kipper ko'plab grandlarning orzusiga aylanganiga ancha bo'ldi. Sloveniya JChlarda ko'rinish berib tursada, anchadan beri kuchli terma jamoa sanalmagan. Shunga qaramasdan bu yurt yulduz darajadagi futbolchilarni etkazib turishdan charchamayapti.
Yari Litmanen

Finlandiya o'z tarixida futbol borasida birorta yirik turnirda ishtirok etmagan bo'lsada, bir nechta ajoyib futbolchilarni etkazib berishning uddasidan chiqa olgan. Ular orasida eng mashxuri so'zsiz Jari Litmanen desak, adashmagan bo'lamiz. O'z vaqtida «Ayaks», «Barselona», «Liverpul» singari grand klublar sharafini himoya qilgan futbolchi o'z terma jamoasini katta turnirlarda ko'rish uchun 21 yil mobaynida urungan bo'lsada, maqsadiga eta olmadi. Ko'plab mutaxassislar hozirgacha Litmanen kuchliroq terma jamoa sharafini himoya qilganida «Oltin to'p» uchun kurashda g'olib chiqishi mumkin edi deb hisoblashadi.

Bosh sahifaga
166