«English For Football» o'quv-dasturi bo'yicha seminar bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1214
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan hududiy bolalar va o'smirlar futbol akademiyalari faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yish, akademiya bitiruvchilarining kelajakda etuk futbolchi bo'lib etishishlarini ta'minlash, milliy va yoshlar terma jamoalari uchun munosib nomzodlar tayyorlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, shu yilning 6-7 aprel kunlari O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi binosida hududiy bolalar va o'smirlar akademiyalari ingliz tili o'qituvchilari uchun navbatdagi seminar tashkil etildi. Seminarni O'FA Futbolni rivojlantirish departamenti direktori Ongar Jalimov ochib berdi. U o'qituvchilarga oldilariga qo'yilgan maqsad va vazifalarni bajarishda omad tiladi.
Shundan so'ng seminarning amaliy qismi boshlandi. Unda akademiyalar tarbiyalanuvchilari hamda murabbiylari uchun “English For Football” ingliz tili o'quv-dasturini amaliyotga tatbiq etish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarga videotaqdimot o'tkazildi. Seminarni ingliz tili bo'yicha mutaxassis Sa'dulla Muzaffarov olib bordi. Seminar so'nggida aprel va may oylarida akademiyalarda o'qitiladigan darslar muhokama qilindi. O'qituvchilarga maqsad va vazifalar tushuntirilib, topshiriqlar berildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!