Yaponiya klubi vodiy yoshlarini taslim qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3293
Xabaringiz bor, Yaponiyaning "Vanfore Kofu" klubi O'zbekiston hamda Yaponiya futbol assotsiatsiyalari o'rtasidagi o'zaro memorandumga asosan mamlakatimizga tashrif buyurib, bolalar va o'smirlar futbol akademiyalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazdi. Jumladan, yaponiyaliklar 3 va 4 aprel kunlari Samarqand va Toshkent futbol akademiyalariga qarshi maydonga tushishdi. Bundan tashqari, "Milliy" stadionda "Vanfore Kofu" jamoasi ishtirokida xalqaro musobaqa tashkil etildi. Unda "Paxtakor", "Bunyodkor" va "Nasaf" klublari akademiyalari qatnashdi. Kecha Yaponiya klubi "Chig'atoy" sport majmuasida Namangan va Andijon akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. "Vanfore Kofu" Namangan va Andijon bolalar-o'smirlar futbol akademiyalarini 1:0 hisobida mag'lub etdi. Shu tariqa yaponiyaliklarning mamlakatimizdagi safari nihoyasiga etdi. Bu boradagi hamkorlik kelgusida yana davom etadi.