Nihoyat, Xavi Toshkentga tashrif buyurdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 775
Afsonaviy futbolchi Xavi, nihoyat, Toshkentga tashrif buyurdi.
Ispaniyalik futbolchi 2008 yilda yurtimizga kelishi kutilgandi. O'shanda ispaniyalik futbolchi "Barselona"dagi jamoadoshlari Andres Inesta va Karles Puyol bilan birga poytaxtimizda yosh futbolchilarga master-klass o'tkazishi rejalashtirilgandi. Ammo so'nggi pallada reja o'zgarib, Xavining o'rniga Sesk Fabregas yurtimizga kelgandi.
Xavi 2015 yilda Qatarning "As-Sadd" klubiga o'tdi. O'shandan beri ko'pchilik muxlislar "As-Sadd"ning Osiyo chempionlar ligasi musobaqasi doirasida o'zbek klublari raqibiga aylanishini va yarim himoyachining O'zbekistonga kelishini kutayotgandi. 2016 yilda dohaliklar saralash pley-off bosqichida BAAning "Al-Jaziyra" klubi yutqazib musobaqani tark etgandi. Aks holda bu klub "Paxtakor" bilan to'qnash kelgan bo'lar edi.
Keyingi mavsumda esa Xavi jamoasi "Lokomotiv"ga to'qnash kelishi mumkin edi, ammo "As-Sadd" bu safar saralash pley-off bosqichida penaltilar seriyasi tufayli "Istiqlol"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
2018 yilda qatarliklar OChLni to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichidan boshlab, "Nasaf" bilan bir guruhdan joy olishdi. Faqat Xavi Qarshidagi o'yinga tashrif buyurmadi.
Nihoyat, Xavi Toshkentga tashrif buyurdi. O'zbekistonliklar muxlislar ertaga, 9 aprel kuni "Paxtakor" stadionida afsonaviy futbolchining "tirigi"ni ko'rishlari mumkin.