Hamidjon Aktamov: «Muhim ochkolardan mahrum bo'ldik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 682

“Buxoro” – “Qizilqum” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
"Bugun muxlislarga yoqadigan o'yin guvohiga aylandik. Ikkala jamoa ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. Bugun “Buxoro” ham, bizning klub ham g'alaba qozonishi mumkin edi.
Lekin yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishda omad kelmadi. Bugun biz yutishni istagandik, shu sababdan 2 ochkodan mahrum bo'ldik. Bugun bizni qo'llab-quvvatlash uchun uzoq yo'l bosib kelgan barcha ishqibozlarimizga minnatdorchilik bildiraman.
Shuningdek, buxorolik muxlislarga ham tasanno. Yomg'ir yoqqan bo'lsa-da, o'yin atmosferasini ajoyib tarzda saqlab turishdi. “Buxoro”ga kelasi bahslarda omad tilayman, - dedi murabbiy.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205