«Paxtakor»ning oliy ligadagi eng yaxshi to'purarlari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 929

"Paxtakor" tarkibida SSSR va O'zbekiston chempionatlari yuqori ligasida eng ko'p gol urgan futbolchilar bilan tanishtirib o'tamiz.
Eng ko'p to'p kiritgan futbolchi Gennadiy Krasnitskiy hisoblanadi. U 102 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilishga erishgan. Keyingi pog'onada joylashgan Igor Shkvirin 66 golini O'zbekiston, 25 to'pini esa SSSR chempionati oliy ligasida kiritgan bo'lib, uning hisobida jami 91 gol mavjud. Birodar Abduraimov 87, Anvar Soliev 86 gol muallifi bo'lgan. Zayniddin Tojiev 71, "Paxtakor"da ikkinchi yoshligini boshdan kechirgan Andrey Yakubiy 70 gol urishga erishgan. Igor Sergeev esa gollari sonini 69taga etkazib oldi.
Kuchli o'nlikdan Aleksandr Geynrix, Server Jeparov va Dilmurod Nazarov ham o'rin olgan.
Gennadiy Krasnitskiy 102
Igor Shkvirin 91
Birodar Abduraimov 87
Anvar Soliev 86
Zayniddin Tojiev 71
Andrey Yakubik 70
Igor Sergeev 69
Aleksandr Geynrix 66
Server Jeparov 64
Dilmurod Nazarov 56

Bosh sahifaga
201