1 yanvardan Neymar erkin agentga aylanadi

Hujumchi Neymar hamon kelajagi masalasini hal qilgani yo'q. Yulduz hujumchining "Santos" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil oxirigacha mo'ljallangan. Ya'ni bir necha soatdan so'ng Neymar erkin agent maqomiga ega bo'lishi mumkin.
1 yanvardayoq Neymar, agar istasa, boshqa jamoaga tekinga o'tishi mumkin. Avvalroq, "Santos" prezidenti Marselo Teysheyra Neymarning klub bilan mehnat shartnomasini uzaytirishiga ishonch bildirgan edi.