Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 941-golini urdi.

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi JCh saralashidan o'rin olgan Armaniston bilan o'yinning 21-daqiqasida gol urdi. U Pedru Netuning uzatmasidan unumli foydalanib, to'pni oyog'i bilan darvozaga joylab qo'ydi.

Ronalduda klub miqyosida 802 ta to'p bor. Shuningdek, u terma jamoa safida 139 ta gol urgan.