Sulsher «MYu»da «Borussiya» futbolchisini ko'rmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18482
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Aksel Vitsel faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchining xizmatlariga “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning shaxsan o'zi qiziqyapti.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum futbolchi 17 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urgan va 1 ta golga assistentlik qilgan.