Tamom! Rabo yanvarda «Barselona»ga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14659
Frantsiyaning PSJ klubi yarim himoyachisi Adrien Rabo qishki transfer oynasida jamoasini o'zgartiradi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchi “Barselona” bilan kelishuvga erishgan. Avvalroq, Rabo parijliklar safini tark etmoqchi ekanligini ma'lum qilgandi. PSJ futbolchini 40 million evrodan kam bo'lmagan mablag'ga qo'yib yuborishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Rabo joriy mavsum 14 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urgan va 1ta golga assistentlik qilgan.