«Barselona» Umtitiga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15291
Xabaringiz bor, “Barselona” jarohatlangan Samuel Umtitiga o'rinbosar qidirmoqda.
Sport.es nashrining xabar berishicha, “Barselona” “Chelsi” himoyachisi Andreas Kristensenni ijaraga olish borasida “Chelsi”ga taklif yuborib bo'lgan.
Kristenning o'zi ham Ispaniyaga ko'chib o'tishga qarshi emas. Taxmin qilinishicha, “Barselona” ushbu transferni amalga oshirish uchun futbolchining o'zidan foydalanmoqchi.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum Andreas Kristensen premer-liga doirasida bitta o'yinda maydonga tushdi.