«Yuve» futbolchisi jamoasini o'zgartiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10651

Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Mexdi Benatiya jamoasini o'zgartirishi mumkin, deya xabar beradi Calciomercato.
Manbaning xabariga, ko'ra 31 yoshli futbolchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani uchun jamoasini o'zgartirmoqchi.
Joriy mavsum Benatiya “Yuventus” safida bor yo'g'i 6 ta o'yinda ishtirok etgan. Uning klub bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha mo'ljallangan. Futbolchining transferi 15 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Benatiyani “Shalke”, “Borussiya”, “Milan”, “Barselona” va “Manchester Yunayted” klublari o'z safida ko'rmoqchi.

Bosh sahifaga
254