"Barselona" himoyachi Aleks Vale bilan shartnomani 2026 yilning iyuniga qadar uzaytirdi va uni mavsum oxirigacha "Seltik"ga ijaraga berdi.
Vale - "ko'k-anorranglilar" tarbiyalanuvchisi sanaladi. O'tgan mavsumda 20 yoshli chap qanot himoyachisi "Levante"da ijarada bo'lganida Ispaniya Segundasida 29 ta o'yinda maydonga tushdi.
Transfermarkt Valeni 2,5 million evroga baholamoqda.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
Jahon chempionatlari tarixidagi eng tezkor gol turkiyalik hujumchi Hoqon Shukurga tegishli. U JCh-2002 3-o‘rin uchun o‘yinning 11-sekundida janubiy koreyalik darvozabonni dog‘da qoldirgan.