"Milan" tez orada Depayga rasmiy taklif bilan chiqadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Italiyaning "Milan" klubi tez orada o'z safiga "Barselona"ning sobiq hujumchisini qo'shib olishi mumkin. Gap "Atletiko Madrid" bilan shartnomasi yakunlangan Memfis Depay haqida ketmoqda.
Futbolchi transfer bozorida erkin agent maqomida. Jurnalist Janluka di Martsioning xabariga ko'ra, "Milan" tez orada Memfisga rasmiy taklif yuborishi mumkin.
30 yoshli hujumchi bungacha Italiya A Seriyasida o'ynamagan. Ispaniya chempionatining so'nggi mavsumida Depay beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq, Memfisning ham Milanning "Inter" klubiga o'tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bosh sahifaga
228