"Liverpul"ning sobiq futbolchisi "Torpedo"ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

Kutaisining "Torpedo" klubi Mamadu Sakoning transferini e'lon qildi.
34 yoshli frantsiyalik futbolchi “Torpedo” akademiyasini rivojlantirishda ham ishtirok etadi.
Sako "PSJ" tarbiyalanuvchisi bo'lib, parijliklar safida 2013 yilgacha o'ynagan, shundan so'ng 19 million evro evaziga "Liverpul"ga o'tgan.
Mamadu 2010-2016 yillarda Frantsiya terma jamoasida ham o'ynagan.
Sakoning so'nggi klubi "Monpele" bo'lib, u 2023 yilning noyabrida bosh murabbiy bilan janjallashib qolgan.

Bosh sahifaga
235