Gruziyalik darvozabon APLga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

"Nyukasl" Ispaniyaning "Valensiya" klubiga darvozabon Giorgi Mamardashvilini sotib olish bo'yicha taklif bilan chiqdi. Bu haqda jurnalist Pedro Morata o'zining ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Nyukasl" gruziyalik darvozabonning agenti bilan bog'lanib, Mamardashvili uchun 41 million evro to'lashga tayyorligini ma'lum qilgan.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli Giorgi Mamardashvili "Dinamo" (Tbilisi) klubidan "Valensiya"ga o'tgan edi. Transfer summasi 850 ming evroni tashkil qildi bu mavsumda Mamardashvili barcha turnirlarda 37ta o'yinda qatnashib, 13tasida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 35 million evroni tashkil qiladi.
Darvozabon Gruziya terma jamoasining Germaniyada bo'lib o'tadigan Evro-2024 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan.

Bosh sahifaga
135