Riberi sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15418
Turkiyaning “Galatasaroy” klubi “Bavariya” yarim himoyachisi Frank Riberiga qiziqish bildirmoqda deb xabar beradi Fanatik.
Manbaning xabar berishicha, turkiyaliklar 35 yoshli futbolchini kishki transferlar o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Biroq, bu transfer amalga oshishi uchun Riberi myunxenliklar bilan shartnomasini bekor qilishiga to'g'ri keladi.
Avvalroq, frantsiyalik futbolchi katta ehtimol bilan Germaniya klubi bilan shartnomasini uzaytirmasligi ma'lum bo'lgan edi.
Eslatib o'tamiz, Riberi 2005 yil “Galatasaroy”da o'ynagan.