Arteta Raysning nima uchun almashtirilmas ekanini tushuntirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 566

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Deklan Raysning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatlari haqida o'z fikrini bildirdi. Angliyalik yarim himoyachi yaqinda mavsumdagi 50-o'yinini o'tkazdi — u deyarli doim «kanonirlar»ning asosiy tarkibida maydonga tushmoqda.
«Bizga maydonning istalgan nuqtasini yopa oladigan futbolchilar kerak. Zamonaviy futbol aynan shu yo'nalishda rivojlanmoqda. Agar sen yarim himoyachi bo'lsang — shunchaki yarim himoyachisan, «oltilik», «sakkizlik» yoki «o'nlik» emas. Agar biz muvozanatga erishmoqchi bo'lsak, maydonning istalgan qismida ustunlik qila oladigan, o'yinning har bir fazasini nazorat qilishni biladigan universal futbolchilar kerak. Deklan shubhasiz shu yo'ldan bormoqda», — dedi Arteta matbuot anjumanida.
Bugun «Arsenal» o'z maydonida «Fulxem»ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.

Bosh sahifaga
406