«Barselona»ning uch yulduzida «el-klasiko»ni o'tkazib yuborish xavfi bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 796

«Barselona»ning naq uch nafar futbolchisi «el-klasiko» arafasida diskvalifikatsiya qilinish xavfi ostida turibdi. Gap Rafinya Dias, Frenki de Yong va Mark Bernal haqida ketmoqda — agar ushbu uchlik «Osasuna»ga qarshi bugungi o'yinda sariq kartochka olsa, Madridning «Real» klubi bilan bo'ladigan navbatdagi bahsni o'tkazib yuborishadi.
«Osasuna» — «Barselona» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Kataloniya grandi uchun uy uchrashuvi hisoblangan «qaymoqranglilar»ga qarshi bahs esa 10 may kuni aynan shu vaqtda bo'lib o'tadi.
Ayni damda Xans-Diter Flik shogirdlari La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va chempionat yakuniga besh tur qolganda «Real»ni 11 ochkoga ortda qoldirishmoqda.

Bosh sahifaga
404