«Manchester Yunayted» yulduz markaziy himoyachsini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 538

Londonning «Tottenxem» klubiga tegishli bo'lgan niderlandiyalik himoyachi Mikki van de Ven Angliya Premer-ligasining boshqa klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, 25 yoshli futbolchini «Manchester Yunayted» o'z safiga qo'shib olmoqchi. «Qizil iblislar» van de Venni yozgi transfer oynasida sotib olishga harakat qiladi. Futbolchining bozor qiymati 65 million evroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda niderlandiyalik himoyachi 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 7 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Himoyachining «shporlar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
420