«Real» tarkibida Mastantuono uchun joy topilmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 541

Madridning «Real» klubi vingeri Franko Mastantuono yozda jamoani tark etishi mumkin. O'tgan yozda «qaymoqranglilar» istiqbolli argentinalik futbolchini «PSJ» ilib ketmasligi uchun shoshilinch ravishda «River Pleyt»dan sotib olishgan edi.
Diario AS xabariga ko'ra, endilikda «Real» rahbariyati Mastantuono uchun asosiy tarkibda joy yo'qligini tushunib etmoqda. Shu sababli 18 yoshli futbolchini ijaraga berib yuborish varianti tobora haqiqatga yaqinlashmoqda.
Franko Mastantuono joriy mavsumda Madrid grandi safida 30 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan, mashhur Transfermarkt portalidagi bahosi esa 45 million evroni tashkil etadi.

Bosh sahifaga
420