«MYu» va Maynu shartnomani 2031 yilgacha uzaytirishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 353

«Manchester Yunayted» Kobbi Maynu bilan amaldagi shartnoma yangilanganini rasman e'lon qildi. 21 yoshli yarim himoyachi bilan tuzilgan yangi kelishuv 2031 yilning iyuniga qadar amal qiladi.
Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko'ra, yangi shartnomaga muvofiq Maynuning «MYu»dagi maoshi etti baravarga oshadi — haftasiga 20 000 funtdan 150 000 funtgacha.
Joriy mavsumda Maynu APL doirasida 24 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
371