Mourino Madridga qaytish uchun «jon kuydirmoqda», biroq «Real»ning o'z rejalari bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 558

Lissabonning «Benfika» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino yana Madridning «Real» klubini boshqarish istagida. Jurnalistlar Xoakin Maroto va Ramon Alvaresning xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis «qirollik klubi»ga qaytish uchun allaqachon o'z xizmatlarini taklif qilgan.
Biroq, bu qaytish yo'lida jiddiy moliyaviy va strategik to'siqlar mavjud. Asosiy muammo — Mourinoning «Benfika» bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnomasidagi tovon puli. «The Special One»ni Madridga olib kelish uchun «Real» Lissabon klubiga 6 million evro to'lashi kerak.
Madridliklar rahbariyati esa Joze uchun o'tgan yili Xabi Alonso uchun to'langan mablag'dan (taxminan 8–15 mln evro atrofida) ko'p pul sarflamoqchi emasliklarini ochiq bildirishgan. Qayd etish joizki, «Real» hozirda Alvaro Arbeloa boshchiligida bo'lsa-da, klub kelasi mavsum uchun asosiy nomzod sifatida Yurgen Kloppni ko'rmoqda.

Bosh sahifaga
520