Entso Fernandes «Chelsi» bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor: Argentinalik yulduz klub oldiga ikkita muhim shart qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 479

«Chelsi» yarim himoyachisi va jamoa etakchilaridan biri Entso Fernandes London klubi bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashga tayyor, biroq buning uchun ikkita muhim shart bajarilishini istamoqda. Bu haqda jurnalist Saymon Fillips xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, birinchi shart — yangi kelishuvga binoan futbolchining maoshi sezilarli darajada oshirilishi kerak. Ikkinchidan, Entso «Chelsi» rahbariyatidan klubning ambitsiyalari uning shaxsiy maqsadlariga mos kelishi bo'yicha kafolatlar talab qilmoqda. Xususan, argentinalik xavbek jamoaga yanada tajribali va yuqori saviyali futbolchilar taklif etilishini istaydi.
Ma'lumot o'rnida, Entso Fernandes «Chelsi» safida uch yildan beri to'p surib kelmoqda. U londonliklar bilan birgalikda 2025 yilda UEFA Konferentsiyalar ligasi va Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqishga muvaffaq bo'lgan.
Jahon chempionining «ko'klar» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilgacha mo'ljallangan bo'lsa-da, klub futbolchining jamoadagi o'rni va erishilgan natijalarni inobatga olgan holda kelishuv shartlarini qayta ko'rib chiqishi mumkin.

Bosh sahifaga
517