Kroosning shaxsan o'zi Yurgen Kloppni «Real»ga olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10

Madridning «Real» klubi sobiq yarimhimoyachisi Toni Kroos jamoaning yangi bosh murabbiyini tanlash jarayonida muhim rol o'ynashi mumkin. «Qaymoqranglilar» rahbariyati ayni damda Alvaro Arbeloaning o'rnini bosish uchun asosiy nomzod sifatida Yurgen Kloppni ko'rmoqda.
Asosiy muammo shundaki, «Liverpul»ning sobiq ustozi 2024 yilda murabbiylik faoliyatini to'xtatgan va hozirda «Red Bull» tizimida faoliyat yuritmoqda. Jurnalistlar Xoakin Maroto va Ramon Alvaresning xabar berishicha, Toni Kroos Kloppni «Real» taklifini qabul qilishga ko'ndirishga urinmoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, agar Klopp murabbiylikka qaytishga rozi bo'lsa, bu faqat «Real» uchun sodir bo'lishi mumkin. Toni Kroos murabbiyning qarori ijobiy ekanini bilgan zahoti, Madrid klubi rasmiy muzokaralarni boshlaydi.
Toni Kroosning o'ziga kelsak, uning taqdiri allaqachon hal bo'lgan: EChLning olti karra g'olibi mavsum yakunlanishi bilan «Real» strukturasida rahbarlik lavozimlaridan birini egallaydi. Bu haqda La Liga bahslari yakuniga etgach, rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.

Bosh sahifaga
352