Kroosning "Real"ga qaytishi bo'yicha Peresning pozitsiyasi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16

Madridning «Real» klubi sobiq yarimhimoyachisi Toni Kroos yana jamoaga qaytadigan bo'ldi, biroq bu gal futbolchi sifatida emas. Bir qator manbalarning xabar berishicha, «qirollik klubi» germaniyalik sobiq futbolchini sport rahbariyatidagi lavozimlardan biriga tayinlash niyatida.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, «Real» rahbariyati Kroosni ortga qaytarish ustida faol ish olib bormoqda. Qayd etilishicha, ushbu qarorni amalga oshirishga shaxsan klub prezidenti Florentino Peres bosh-qosh bo'lmoqda.
Toni Kroos 2024 yilda, jamoa uchun muvaffaqiyatli kechgan (Chempionlar ligasi va La Ligadagi zafarlardan so'ng) mavsum yakunida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi. U Madrid grandi sharafini roppa-rosa o'n yil davomida himoya qilib, klub tarixidagi eng sovrindor o'yinchilardan biriga aylandi.
Ma'lumot o'rnida, Alvaro Arbeloa boshchiligidagi «Real» jamoasi navbatdagi uchrashuvini 3 may kuni La Liga doirasida «Espanol»ga qarshi o'tkazadi.

Bosh sahifaga
389