«Atletiko» muxlislari engil tin olishlari mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares Chempionlar ligasi yarimfinali doirasida «Arsenal»ga qarshi kechgan dastlabki bahsda (1:1) jarohat olgan edi.
Aynan argentinalik forvard 56-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, londonliklar darvozasini ishg'ol qilgan va jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qolgandi. Biroq 77-daqiqaga kelib, Alvares sog'lig'idagi muammo sababli maydonni majburiy tarzda tark etishga qaror qilgandi.
Taniqli jurnalist Gaston Edul tomonidan berilgan yangilangan ma'lumotlarga ko'ra, Xulian Alvaresning holati xavotirli emas. Uning jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi va futbolchi Londonda kechadigan javob uchrashuviga qadar to'liq tiklanishga ulguradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
402