Jerrard: «Simeonening xatti-harakatlari hakamni shubhaga tushishga majbur qildi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1048

Angliya terma jamoasi va «Liverpul» klubi sobiq sardori Stiven Jerrard Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «Atletiko» va «Arsenal» (1:1) uchrashuvidagi hakamlik borasida o'z fikrlarini bildirdi.
Jerrard ikkinchi bo'limda Madrid klubi darvozasiga belgilangan, biroq keyinchalik bekor qilingan penalti vaziyatiga to'xtaldi. Uning fikricha, bosh hakam videotakrorlardan so'ng o'z qarorini o'zgartirishi uchun etarlicha asoslar mavjud bo'lmagan.
«Hakamlar jasorat ko'rsatishi va o'zlarining dastlabki qarorida sobit turishlari kerak edi. Bu vaziyatda hakam tomonidan yaqqol va ochiq-oydin xatoga yo'l qo'yilmagandi va buni hamma tushunib turibdi. Ammo Diego Simeonening maydon chetidagi xatti-harakatlari va bosimi hakamni o'z qaroriga shubha bilan qarashga majbur qildi», — deya Jerrardning so'zlarini keltirmoqda TNT Sports.

Bosh sahifaga
419