Simeone Chempionlar ligasida Angliya jamoalariga qarshi qiziqarli seriyani davom ettirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11

Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «Atletiko» va «Arsenal» o'rtasidagi ilk uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Madridda kechgan bahsda jamoalar penaltidan kiritilgan gollar bilan almashishdi — dastlab Viktor Dyokeresh mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, keyinroq Xulian Alvares muvozanatni tikladi.
Squawka statistika mutaxassislari ushbu o'yindan so'ng qiziqarli faktni taqdim etishdi: Diego Simeone «Atletiko» bosh murabbiyi sifatida hali biror marta ham o'z maydonida Angliya klublariga EChL pley-off bosqichida mag'lub bo'lmagan.
Hozirgacha argentinalik mutaxassis qo'l ostidagi jamoa Madridda APL vakillariga qarshi 7 ta uchrashuv o'tkazgan bo'lib, ularning 3 tasida g'alaba qozongan va 4 bor durang qayd etgan. E'tiborli jihati, ushbu 7 ta o'yinda «Atletiko» 7 xil raqibga qarshi to'p surgan:
«Chelsi»
«Lester»
«Liverpul»
«Manchester Yunayted»
«Manchester Siti»
«Tottenxem»
«Arsenal»

Bosh sahifaga
379