«Barselona»ning yosh iste'dodi jamoaga qaytmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 323

«Elche» klubida ijara asosida to'p surayotgan o'ng qanot himoyachisi Ektor Fort yana «Barselona» ixtiyoriga qaytadi.
Sport nashrining xabar berishicha, 19 yoshli futbolchi mavsum oldi tayyorgarlik jarayonida bosh murabbiy Xans-Diter Flikka asosiy tarkibga loyiqligini isbotlash imkoniyatiga ega bo'ladi. Shunday bo'lsa-da, Kataloniya grandi o'z tarbiyalanuvchisini yana boshqa jamoaga ijaraga berib yuborishi ham istisno etilmayapti. Futbolchining kelajagi ko'p jihatdan jamoaning mudofaa chizig'idagi umumiy holat va boshqa futbolchilarning transferlariga bog'liq bo'ladi.
Ma'lumot o'rnida, joriy mavsumda Ektor Fort «Elche» safida barcha musobaqalarda 13 ta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda himoyachi o'z hisobiga 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik iste'dodli futbolchining «Barselona» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilga qadar mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
394