Entso Fernandes «Real»ga o'tadimi? Futbolchining agenti Madrid haqidagi gap-so'zlarga oydinlik kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 366

«Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandesning Madridning «Real» klubiga o'tishi borasidagi xabarlar yana kun tartibiga chiqdi.
Argentinalik futbolchi anchadan beri «qirollik klubi»ning transfer nishoni bo'lib kelayotgan edi. Uning Madridda yashash istagi haqidagi shaxsiy fikrlari esa bu mish-mishlarni yanada avj oldirdi. Eslatib o'tamiz, ushbu gaplari uchun «Chelsi» rahbariyati xavbekni ikkita o'yinga chetlatgan edi.
Futbolchining agenti Xaver Pastore vaziyatga quyidagicha izoh berdi:
«Real»ning Entsoga qiziqishi? Bu haqda ko'p gapirishmoqda, ammo amalda hech qanday jiddiy voqea sodir bo'layotgani yo'q. U ayni damda bor e'tiborini «Chelsi»dagi mavsumni imkon qadar yuqori notada yakunlashga qaratgan.
To'g'ri, Entso o'sha paytda unchalik mos kelmaydigan fikrlarni bildirgan bo'lishi mumkin, lekin u hech qanday dahshatli gap aytmagan. U shunchaki o'ziga Madrid shahri yoqishi haqida gapirgan, xolos», — deya Pastorening so'zlarini keltirmoqda Diario AS.
Ma'lumot o'rnida, 25 yoshli futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilga qadar imzolangan.

Bosh sahifaga
396