«U Mbappe yoki Vinisius emas»: Xaver Pastore Mastantuononing «Real»dagi holati haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12

Mashhur sobiq futbolchi, hozirda agent sifatida faoliyat yuritayotgan Xaver Pastore o'zining mijozi Franko Mastantuononing «Real Madrid»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
18 yoshli argentinalik vinger Evropa futbolidagi debyut mavsumini o'tkazmoqda. Dastlabki o'yinlarda «qaymoqranglilar»ning asosiy tarkibida muntazam maydonga tushgan bo'lsa-da, so'nggi oylarda Mastantuono hatto zaxiradan tushishda ham qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
«U hali bor-yo'g'i 18 yoshda. Men ham o'z vaqtida 18 yoshimda «Real»da bo'lishni istardim! Franko — o'ta iste'dodli futbolchi, aynan shuning uchun ham u shunday buyuk klubga qabul qilingan. Unga moslashish uchun vaqt berish kerak. Shuningdek, jamoadoshlari ham uning o'z o'yinini topib olishiga ko'maklashishlari lozim.
Franko Mbappe yoki Vinisius kabi o'yin taqdirini yakka tartibda hal qiladigan futbolchilar toifasidan emas. U ko'proq jamoaviy o'yinga tayanadi va sheriklari bilan hamjihatlik u uchun juda muhim. O'ylaymanki, vaqt o'tishi bilan biz haqiqiy Mastantuonini ko'ramiz», — deya Pastorening so'zlarini keltirmoqda Diario AS.
Ma'lumot uchun, yosh futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilga qadar mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
398