«Manchester Siti» a'zosi «Arsenal» bilan chempionlik uchun kurash haqida: «Biz o'zimizga ishonamiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Niko O’Rayli Premer-liga chempionligi uchun kechayotgan qizg'in kurash va jamoadagi ichki muhit haqida fikr bildirdi.
«Shaharliklar» ketma-ket g'alabali seriya qayd etib, turnir jadvalida «Arsenal»ga etib olgan edi. Biroq so'nggi turlardan keyin «kanonirlar» yana 3 ochkolik farq bilan oldinga o'tib ketishdi. Shunday bo'lsa-da, Xosep Gvardiola shogirdlari ixtiyorida bitta zaxira o'yini mavjud.
«Biz o'zimizga ishonamiz va jamoamiz qanchalik kuchli ekanini yaxshi bilamiz. Tarkibimizdagi ko'plab futbolchilar avval ham bunday bosim ostidagi vaziyatlarga tushishgan — ular bizga katta yordam berishmoqda. Oldinda hal qiluvchi haftalar va bir nechta qiyin o'yinlar kutib turibdi. Hammasi eng so'nggi soniyalarda hal bo'lishi mumkin, ammo biz ishonchni yo'qotmaymiz. Voqealar rivojini kuzatamiz», — deya O’Raylining so'zlarini keltirmoqda City Xtra.
Eslatib o'tamiz, «Manchester Siti» navbatdagi uchrashuvini dushanba, 4 may kuni safarda «Everton»ga qarshi o'tkazadi.

Bosh sahifaga
392