"PSJ" va "Bavariya" o'yinidagi 9 ta gol italiyalik jahon chempionining keskin tanqidiga sabab bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17

Italiya futboli afsonasi, 1982 yilgi jahon chempioni Antonio Kabrini zamonaviy futboldagi himoyalanish darajasini keskin tanqid ostiga oldi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, «Yuventus» sobiq a'zosini Chempionlar ligasi yarimfinali doirasidagi «PSJ» va «Bavariya» o'rtasidagi bahs (5:4) natijasi shunday xulosaga kelishga majbur qilgan.
«Agar o'yin 5:4 hisobida yakunlansa, demak, har ikki jamoa juda ko'p xatolarga yo'l qo'ygan. Mening davrimda 90 daqiqa ichida to'qqizta gol ko'rish imkoni deyarli yo'q edi. Himoyachilarni himoyalanishga qayta o'qitish vaqti keldi! Biz ikkita jahon chemionatida aynan mudofaadagi fidokorona o'yinimiz evaziga zafar quchganmiz», — deya ta'kidladi olti karra Italiya chempioni.
Eslatib o'tamiz, «Bavariya» va «PSJ» o'rtasidagi javob uchrashuvi 6 may kuni Myunxenda bo'lib o'tadi. Finalning ikkinchi yo'llanmasi uchun esa «Atletiko» va «Arsenal» jamoalari kurash olib bormoqda (birinchi o'yin — 1:1).

Bosh sahifaga
388