Lorente «Arsenal» bilan o'yindagi xatolarni sanab o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 298

Madridning «Atletiko» klubi futbolchisi Markos Lorente Chempionlar ligasi birinchi yarim finali doirasida Londonning «Arsenal» jamoasi bilan qayd etilgan durang (1:1) haqida fikr bildirdi.
«Kanonirlar» 44-daqiqada hisobni ochishgandi, biroq bu ustunlik uzoq davom etmadi — 56-daqiqadayoq Xulian Alvares muvozanatni tikladi.
«Birinchi bo'limda «Arsenal» ustunlik qildi, ikkinchi bo'limda esa — biz. Javob o'yinida ham bugungi bahsning tanaffusdan keyingi qismida ko'rsatgan o'yinimizni davom ettirishimiz kerak.
To'pni qaytarib olish biz uchun qiyin kechdi, raqib jarima maydoni yaqinida esa haddan tashqari shoshqaloqlikka yo'l qo'ydik. Bu o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmadi: biz yaratishimiz mumkin bo'lgan vaziyatlarning barchasini ham yuzaga keltira olmadik, borlaridan esa unumli foydalana olmadik», — dedi Lorente jurnalistlar bilan suhbatda.

Bosh sahifaga
411