Brunu Fernandesh va Bernardu Silva Evropaning bir jamoasiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

«Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» jamoalarining etakchilari — Brunu Fernandesh hamda Bernardu Silva tez orada jamoadoshga aylanishi mumkin.
Fanatik nashriga tayanib Transfer News Live xabar berishicha, har ikki portugaliyalik yulduzga Turkiyaning «Galatasaray» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Istanbul klubi rahbariyati ushbu yarim himoyachilarni qo'lga kiritish orqali Evropa futboli elitasida o'z o'rnini mustahkamlash niyatida. Turklar har ikki futbolchi uchun «saxiy» taklif tayyorlayotgani aytilmoqda.
Ma'lumot uchun, 31 yoshli Brunu Fernandeshning «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali uning qiymatini 40 million evroga baholagan. Bernardu Silva esa mavsum yakunida «shaharliklar» bilan tugayotgan shartnomasini uzaytirmoqchi emas va jamoani erkin agent sifatida tark etishi kutilmoqda.

Bosh sahifaga
391