Markinos Chempionlar ligasidagi o'yinlar soni bo'yicha Roberto Karlosning rekordini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15

Frantsiyaning «PSJ» va Germaniyaning «Bavariya» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv braziliyalik Markinos uchun Chempionlar ligasidagi 120-o'yin bo'ldi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha u brazil futboli rekordi sohibi — Roberto Karlosga etib oldi. Agar Markinos keyingi haftada bo'lib o'tadigan javob yarim final bahsida maydonga tushsa, braziliyalik futbolchilar orasida turnirning yangi rekordchisiga aylanishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik himoyachi allaqachon «PSJ»ning ajralmas qismiga aylangan — u 2013 yildan buyon klub sharafini himoya qilib kelmoqda. 2020 yilda u Chempionlar ligasi finalida o'ynagan, biroq o'shanda «PSJ» aynan Myunxenning «Bavariya»siga mag'lub bo'lgan edi. Ammo o'tgan yili Markinos jamoadoshlari bilan birga, baribir, orzu qilingan sovrinni qo'lga kiritdi.

Bosh sahifaga
366